Huawei 1
9 oyda “Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq qaysi hududdan kelib tushgani maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistonda “Tez yordam”ning tezligiga salbiy taʼsir etuvchi omillar, afsuski, hali ham uchrab turibdi, deya statistik maʼlumotlarni taqdim etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida “103” xizmatiga jami 1 990 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Shuningdek, 1 287 ta holatda tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv manziliga yetib borgach, eshikni ochmaslik vaziyati qayd etilgan. Inson salomatligi, hayoti  haqida ketar ekan, bunday murojaatlar bo‘lishi afsuslanarli, albatta.

Tahlillarga ko‘ra, 2024 yilning o‘tgan 9 oyida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 357 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 321 ta. Shuningdek, Toshkent shahridan 249 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi —  6 ta!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100817 | Инструменты