Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 37 543,2 ming kishini tashkil etgan.
Quyida aholi eng kam bo‘lgan 10 ta tuman va shaharlar haqida ma’lumot keltirilgan.
1. G‘ozg‘on shahri - 9,3 ming kishi
2. Tomdi tumani - 15,3 ming kishi
3. Shirin shahri - 19,4 ming kishi
4. Qorovulbozor tumani - 20,3 ming kishi
5. Bo‘zatov tumani - 21,9 ming kishi
6. Yangiobod tumani - 30,2 ming kishi
7. Mo‘ynoq tumani - 33,9 ming kishi
8. Konimex tumani - 37,2 ming kishi
9. Taxtako‘pir tumani - 38,9 ming kishi
10. Uchquduq tumani - 39,7 ming kishi
Avvalroq aholi soni eng ko‘p bo‘lgan tuman va shaharlar TOP o‘ntaligi e'lon qilingandi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2025-yilning 20-yanvar holatiga respublika aholi soni 37 mln 576 ming 214 nafar kishini tashkil etgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21020 | Инструменты