Huawei 1
10-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir ko‘rsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan so‘ng 5 yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan so‘ng 3 yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan o‘tkaziladi.

Bobur Abdullaev Toshkentdagi Inxa universiteti rektori etib tayinlandi

Bunga qadar Toshkentdagi Amiti universiteti boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Namanganda mast holda mashina boshqarib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yigit 6 yilga qamaldi

Dastlabki surishtiruvda yigit haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani va mashinani tezlik soatiga 60 km bo‘lgan joyda 100 km tezlikda boshqargani aniqlangan.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi eng katta loyihasi amalga oshiriladi

Loyiha doirasida Sanoat kadrlarini tayyorlash markazini tashkil etish hamda Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilish koʻzda tutilgan.

Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi

"Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ'ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Rossiyadagi elchixona o‘zbekistonliklarni huquqiy maqomini zudlik bilan hal etishga chaqirdi

"Elchixona Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida, ularni huquqiy holatini zudlik bilan hal etish choralarini ko‘rishga chaqiradi", deyiladi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabarda.

Surxondaryoda supurgilar ichidan 612 kg “gashish” chiqdi

DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining O‘zbekistonga olib kirilishiga qarshi navbatdagi tadbirda 2986 dona supurgining dastaklari orasidan qoradori topildi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Samarqandda yangi tug'ilgan chaqaloq chiqindixonaga tashlab ketildi

U o'lik holda topilgan. Holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Buxorodagi magistral gaz quvurida gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘ldi

Holat yuzasidan viloyat FVB izoh berib, hozirda avariya to‘liq bartaraf etilganini ma'lum qildi.

Para velosportchilarimiz Osiyoda tengsiz bo'ldi

Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21104 | Инструменты