Huawei 1
Aka-uka firibgarlar vaqtinchalik berilgan yerni $ 35000 ga sotmoqchi bo'ldi

Oʻrtachirchiq tumanida vaqtincha foydalanishdagi yerni sotmoqchi boʻlgan aka-uka firibgarlar ushlandi

Aka-uka R.B.lar fuqaro S.ning ishonchiga kirib, ularga Oʻrtachirchiq tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida vaqtincha foydalanish uchun topshirilgan  42 sotix yer maydonini 35 000 AQSH dollariga sotishni rejalashtirishadi.

Tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 10 000 AQSH dollarini olmoqchi bo'lishadi. 

Bu vaqtda ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan aka-ukalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30910 | Инструменты