Huawei 1
Navoiyda “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi“ IV xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi (foto)

Bugun buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi. Unda viloyat hokimi va mas’ullar, simpoziumga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar hamda respublikada faoliyat olib borayotgan adabiyot, ilm-fan va san’at ahli ishtirok etdi.Navoiy viloyatida  “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi o‘z ishini davom ettiryapti. 

Tadbirlar shahardagi “Farhod” madaniyat saroyida poytaxtlik hamda mahalliy san’atkorlar, shoir va olimlar ishtirokidagi “Nazm va navo” musiqali kechasi bilan davom etdi.Viloyat hokimi Normat Tursunov “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” xalqaro simpoziumi har yili Navoiy viloyatida o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

Shuning bilan 8—9-fevral kuni Navoiy viloyati mezbonlik qilgan “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” simpoziumi o‘z ishini yakunladi.

Xorijiy davlatlarda ham Alisher Navoiy tavalludi 584 yilligi munosabati bilan uning haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21020 | Инструменты