Huawei 1
Andijon shahrida 494,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan "Fitnes klub" fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro Sh. M. ga qarashli Andijon shahrida joylashgan "Fitnes sport zal" binosi elektr hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 494,3 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32001 | Инструменты