Joriy yilning 21-iyun kuni soat taxminan 03:30 atrofida Andijon shahrida yashagan 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan M.K. ko‘p qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Buning natijasida voyaga yetmagan M.K. voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Voyaga yetmagan M.K. ota-onasi vafot etganligi sababli, bobosi Sh.T.ning qaramog‘ida u bilan birga yashab kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92213 | Инструменты