Huawei 1
Andijonda davlat raqamisiz harakatlangan "Mersedes-Benz" haydovchisi 1,5 mln jarima to'laydi

Andijon viloyatida davlat raqam belgisini yechib harakatlangan “Mersedes-Benz” haydovchi aniqlandi. Avtomobilni YPX nspektori to'xtatib tekshirganda davlat raqami mavjudligi, ammo u yechib olinib, mashinaning ichida turganligi ma'lum bo'ldi. Buning uchun qoidabuzar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

U O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 125-moddasi 5-qismiga ko‘ra, BHMning besh baravari ya’ni 1,5 mln so’m miqdorida jarima to’laydi.

Avvalroq, Toshkent shahri, Yangihayot tumani Do'stlik ko'chasi “Fayz” kafesi qarshisida  davlat raqam belgilarisiz harakatlanib kelayotgan yana bir “BMW” aniqlangani haqida xabar bergandik. U ham tekshirilganda, salon ichida raqam borligi ammo haydovchi uni yechib olib harakatlangani ma’lum bo’lgan.

Shu bilan birga, avtomashinaning “tonirovka” uchun ruxsatnomasi yo'qligi hamda tom qismiga tegishli ruxsatlarsiz o'rnatilgan antenna borligi ham aniqlangan. 

Eslatib o’tamiz, kuni kecha Toshkentda "Nexia-3"ga sirena o‘rnatgan haydovchi javobgarlikka tortilgani haqida yozganmiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20212 | Инструменты