Huawei 1
G‘azo va Misr o‘rtasidagi Rafah chegara-o‘tish punkti ochildi

G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi yagona hisoblangan Rafah nazorat-o‘tkazish punkti 1-fevral kuni to‘qqiz oylik tanaffusdan so‘ng ilk marta ochildi.

Xavfsizlik xizmatidagi manbalar, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakatining Misr bo‘limiga ko‘ra, Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali G‘azo sektoridan davolanishga muhtoj bo‘lgan bir nechta bemor Misrga ketgan.

Ularning umumiy soni 50 nafarga yetishi mumkin, deb yozadi DPA.

G‘azodagi birinchi bemorlar Misrga keldi

Misrning Al-Kahira News telekanali birinchi bemorlar Rafah chegarasidan o‘tganini ma’lum qildi. DPA’ning ta’kidlashicha, hozircha Misrdan G‘azoga Rafah orqali insonparvarlik yordami yetkazib berish qayta tiklanmagan.

Hozirda yordam Misr va Isroil o‘rtasidagi Kerem-Shal nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkazilmoqda, u yerda ularni Isroil askarlari tekshirmoqda. Sinayda allaqachon G‘azo uchun 3000 ta yuk mashinasi tayyorlandi, deb xabar beradi agentlik.

Rafah nazorat-o‘tkazish punkti may oyidan beri yopilgan edi

Isroil armiyasi 2024-yilning 7-may kuni Rafah shahriga tanklar olib kirib, Misr bilan chegarani nazoratga olgan edi. Oyning oxiriga kelib, Isroil tomoni sektor janubiy chegarasidagi butun Filadelfiya yo‘lagini o‘z nazoratiga oldi. U yerdan qo‘shinlarning bosqichma-bosqich olib chiqilishi Isroil va HAMAS guruhi o‘rtasida 2025-yil yanvar oyi o‘rtalarida tuzilgan bitimning bandlaridan biridir.

Isroil 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMAS hujumidan so‘ng G‘azoga qo‘shin kiritishga qaror qildi. O‘shanda HAMAS Isroilga keng ko‘lamli raketa zarbalarini berib, 250 dan ortiq kishini garovga olib, G‘azoga olib ketgan edi. Garovga olinganlarning bir qismi kelishuv doirasida almashtirildi yoki ozod qilindi, bir qismi esa halok bo‘ldi.

Yaqin Sharqdagi ziddiyatning kuchayishi

Isroil bunga javoban HAMASga qarshi urush e’lon qildi. Quruqlikdagi operatsiya va G‘azo sektorini bombardimon qilish paytida qariyb 50 ming nafar falastinlik halok bo‘ldi va yana 110 ming nafardan ortiq kishi jarohatlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20203 | Инструменты