Avvalroq, Angor hokimining “ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan Captiva-5 olgani haqida xabar bergan edik.
Holat yuzasidan tuman hokimligi izoh berdi.
O‘rganish jarayonida Angor tuman hokimligi tomonidan “Captiva 5T Rremier Black-Matt” avtotransport vositasi hokimlikning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilingani maʼlum bo‘ldi.
Biroq, mazkur avtotransport vositasining qiymati Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish talablariga zid ekanligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, Agentlik taqdimnomasiga asosan ushbu avtotransport vositasi bugungi kunda tuman balansidan chiqarilib, viloyat hokimligi tasarrufiga o'tkazilishi taʼminlandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Ilzat Kasimovning bir necha MCHJda hammuassis ekanligi bo'yicha tegishli choralar ko'rilib, ayni paytda vazir o'rinbosarining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq holatlar bartaraf etildi.
“Agrobank” ATB o‘tkazgan 1,3 milliard so‘mlik tender ishtirokchilarini bir-biriga aloqador ekanligiga oid maʼlumotlar o‘rganish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110806 | Инструменты