Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan tushib ketayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Aniqlanishicha, aprel oyining dastlabki o‘n kunligida 317 nafar yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagan. Oqibatda ushbu yo‘lovchilarga nisbatan egishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Transport nazorati inspeksiyasi barcha yo‘lovchilarni yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lab yurishlarini aks holda qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini maʼlum qiladi”,- deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41821 | Инструменты