Bugun, 19-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida "Baxti Tashkentskiy" ishi bo'yicha sudlanuvchilarga hukm o'qildi. Bu haqda Uzreport.news manbasi xabar bermoqda.
Unga ko'ra, Baxtiyor Qudratullayevga 20 yil, uning o‘g‘illari – Bekzod Zafarovga 11 yil, Ixtiyor Qudratullayevga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
"Baxti Tashkentskiy"ning akasi Shuhrat Qudratullayevga esa 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты