Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning qarori bilan Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev va Zangiota tumani hokimi Abdivahob Tamiqayev lavozimidan ozod qilindi.
Viloyat hokimi ularni egallab turgan lavozimidan ozod etib, bu haqdagi qarorlarni xalq deputatlari tuman Kengashlariga yuborgan.
Eslatib o'tamiz, Abdivahob Tamiqayev 2017-yilning iyulidan beri Zangiota tumanini boshqardi. Furqat Xudoyberdiyev esa 2020-yilning fevralidan Bekobod tumanini boshqarib kelayotgan edi.
Shavkat Mirziyoyev kecha, 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimining kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlar sektor mudirlarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shuningdek, viloyat hokimining yana ikki o‘rinbosariga hayfsan e’lon qilingandi.
Shuningdek, ushbu yig'ilishda prezident oxirgi 3 yilda viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 19 foizga oshib, 94 trln so‘mga yetganini ta’kidlagan edi. Ammo shu davrda Bekobod tumanida bu ko‘rsatkich 3,6 foizga kamaygan. O‘tgan yili Zangiota viloyatining viloyat sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 8,3 foizdan 3,5 foizga, elektrotexnika mahsulotlari eksporti ham kamaygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20420 | Инструменты