Huawei 2
Bloger "Asalhoney"ni o'ldirgan 25 yoshli yigit 16,5 yilga qamaldi

Bugun, 9-avgust kuni "Asalhoney"nomi bilan tanilgan bloger Asal Xo‘jayevani o‘ldirgan 25 yoshli yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deya xabar bermoqda Uzreport.news manbasi. 

Unga ko'ra, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ochiq sud majlisida 1997-yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan sudlanuvchi yigitga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, K. Sh. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi "i" bandi va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi "v", "g" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishi bo‘yicha "Ipak Yo‘li" OAITB Chilonzor filialida saqlanayotgan 10,2 mln so‘m jabrlanuvchining qonuniy vakiliga qaytarilishi va sudlanuvchidan qonuniy vakil foydasiga 20,8 mln so‘m qoplanmagan zarar undirilishi belgilangan.

Qonuniy vakilga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Hukm ustidan apellatsiya shikoyati va protesti hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran 20 sutka ichida, mahkum va fuqaroviy da’vogar tomonidan esa ularga hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudiga berilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Insta-bloger "Asalhoney" o‘z uyida o‘ldirib ketilgani va Asalhoneyning qotili uni qanday o‘ldirganini aytib bergani va u yigit blogerning 31 mln so‘mlik boyliklarini ham qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga