Huawei 1
Insta-bloger "Asalhoney" o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Asalhoney" nomi bilan tanilgan insta-bloger Asal Xo‘jayeva o‘z uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur xabarni tasdiqladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha,  joriy yil 18-mart kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi uyda Asal Xo‘jayevaning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga