Huawei 1
Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan Respublika inklyuziv IT oromgohi yakuniga yetdi

30-iyun kuni Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq sohilida o‘tkazilgan Respublika inklyuziv IT oromgohi yakuniga yetdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.

Oromgohda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 160 nafar bola 5 kun davomida veb-saytlar yaratish, ilovalar ishlab chiqish, tibbiyotda 3D modellashtirish, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashda aerodinamika tamoyillarini chuqur o‘rgandi. 3 mingdan ortiq o‘quvchi esa DotNet, No Coding, Frontend, Python, Flutter, Web Design kabi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash uchun oromgoh yopilishiga tashrif buyurdi. Marosimda bolalar o‘zlarining dastlabki raqamli loyihalari va ijodiy yutuqlarini namoyish etishdi.

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi yosh ITchilarga o‘z qobiliyatlarini yanada rivojlantirishni va tanlagan kasblarida muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lishlarini tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты