Huawei 1
Bobir Mansurov "Hunarmand" uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Bugun "Hunarmand" uyushmasida Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev hamda xodimlar ishtirokida navbatdan tashqari majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda "Hunarmand" uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Mansurov Bobir Sobirovich jamoa a’zolariga tanishtirildi.

Bobir Mansurov Toshkent shahrida 1977-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. U shu kunga qadar “LEXIONIS” Advokatlik Byurosining Tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslaxatchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirobod tuman Kengashining Xalq deputatidir.

Bobir Sobirovich uyushma jamoasi bilan sohasining ertangi rivoji uchun ko‘zlangan umumiy maqsad yo‘lida birgalikda mehnat qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111912 | Инструменты