1 fevral kuni Madinadan Farg‘onaga uchayotgan Centrum-Air aviakompaniyasi samolyoti Turkmanistonga shoshilinch qo‘ndi. Bu haqda “Flightradar” xabar berdi.
Qayd etilishicha, C6-3336 reysi Madinadan Farg‘onaga uchgan. Eron chegarasini kesib o‘tgan samolyot Turkmaniston osmonida yo‘nalishidan chiqib ketgan va samolyot Turkmanistonning Marv shahridagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan. Samolyot aeroport atrofida aylanib, Toshkent vaqti bilan 09:08 da qo‘ngan.
Ba’zi manbalarga ko‘ra, samolyot dvigatellaridan birida muammolar bo‘lgan.
Aviakompaniyaning rasmiy sahifalarida ularning parvozi bilan bog‘liq hodisa haqida izoh berilmagan.
Ushbu samolyot hali ham Turkmanistonda muallaq turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20122 | Инструменты