Huawei 1
Olimlar dunyo bo‘ylab shaharlarda kalamushlar soni keskin ko‘payayotganidan xavotirda

CNN maʼlumotlariga ko‘ra, olimlar dunyo bo‘ylab shaharlarda kalamushlar soni keskin ko‘payayotganidan xavotirda.  Richmond universiteti professori Jonatan Richardson va uning jamoasi AQSHning 13 ta shtati, Toronto, Tokio, Amsterdam kabi xalqaro shaharlar maʼlumotlarini o‘rganib, jami 16 ta hududning 11 tasida kalamushlar soni sezilarli darajada o‘sganligini aniqladi. 

Eng katta o‘sish Vashington, San-Fransisko, Toronto, Nyu York va Amsterdamda qayd etildi.

Tadqiqotga ko‘ra, kalamushlar sonining ko‘payishi aholi zichligi va shahar o‘simliklarining kamligi kabi omillar bilan bog‘liq, ammo asosiy sabab haroratning oshishi ekani maʼlum bo‘ldi. Issiq iqlim kalamushlarga ko‘payish va oziq-ovqat izlash uchun keng imkoniyat beradi. Shaharlar uchun bu katta muammolarga sabab bo‘lmoqda. Chunki kalamushlar infratuzilmani buzadi, oziq-ovqatni ifloslantiradi va yong‘inlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Kalamushlar, shuningdek, 50 dan ortiq kasallikni yuqtirishi va ruhiy salomatlikka taʼsir qilishi mumkin. Vashingtonda kalamushlar soni Nyu Yorkdan 1,5 baravar ko‘p. Shahar amaldorlari kalamushlarni nazorat qilish uchun turli choralar ko‘rishmoqda. Shuningdek, ular sovuq havoning zararkunandalar populyatsiyani kamaytirishiga umid qilmoqda.

Richardsonning taʼkidlashicha, kalamushlarni kamaytirish uchun ularning oziq-ovqat manbalarini cheklash va aholini ularni jalb qilmaslik haqida ogohlantirish kerak. Bu muammoni hal qilmaslik vaziyat yomonlashishiga olib keladi. Braunning so‘zlariga ko‘ra, kalamushlarni butunlay yo‘q qilish mumkin emas, lekin ularni nazorat ostida ushlash mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20123 | Инструменты