Huawei 1
Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida qo‘lga olindi.

Politsiya ma’lumot berishicha, qidiruvdagi shaxs Oqto‘ba viloyatining «Jaysan» temiryo‘l o‘tish punktida ushlangan. U giyohvandlik moddalarini noqonuniy olib o‘tganligi uchun Moldova IIV Interpol milliy markaziy byurosi tomonidan qidiruvga berilgani aytilmoqda.

«Gumonlanuvchi 2013-yilda boshqa shaxslar bilan birgalikda narkotik moddalarni xalqaro yetkazib berishni tashkil qilgan. U Moldovaga kirmoqchi bo‘lganida yonidan 46 gramm geroin chiqqan», — deyiladi politsiya bayonotida.

Qo‘lga olingan shaxs vaqtincha saqlash izolyatorida ushlab turilibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20120 | Инструменты