Huawei 1
Britaniyaning nufuzli universiteti O'zbekistonda o'z faoliyatini yo'lga qo'yishi mumkin

O'zbekiston diplomatlari Britaniyaning Roempton universiteti (University of Roehampton) prorektori, professor Richard Keog bilan uchrashdi

Muloqot davomida oliy ta'lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, shuningdek O'zbekiston universitetlari bilan akademik, ilmiy-tadqiqot yo'nalishlarida birgalikda ishlash rejalari muhokama qilindi.

Roempton universiteti va O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ikki tomonlama diplom berish dasturlarini amalga oshirish, mazkur oliy bilim yurtining ta'lim va o'quv dasturlarini franchayzing asosida yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalariga joriy etish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Prorektor Richard Keog O'zbekistonda Britaniya ta'lim standartlarini joriy etishdan manfaatdorligini ta'kidlanib, mamlakat oliy ta'lim muassasalari bilan qayd etilgan barcha yo'nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni o'rnatishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo'nalishdagi birgalikdagi ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

– Muzokaralarda O'zbekiston universitetlari rasmiy aloqalarini yo'lga qo'yish masalalarini batafsil muhokama qildik, – dedi Roempton universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha mintaqaviy direktor Lidiya Dabrovska. – Albatta, ta'lim sohasida hamkorlik o'rnatilishi ikki tomon universitetlari uchun ham, eng asosiysi talabalar uchun ham katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Biz ikki tomonlama diplom berish va franchayzing asosida O'zbekiston universitetlari bilan uzoq muddatli sheriklikni o'rnatishdan xursandmiz.

University of Roehampton 1841-yilda Uaytlends kolleji sifatida tashkil etilgan. 1975-yilda Roempton oliy instituti, 2004-yildan e'tiboran esa universitet maqomini olgan. Hozirgi kunda mazkur universitetda salkam 13 ming, shu jumladan 15 nafar o'zbekistonlik talaba tahsil olyapti. Unda pedagogik yo'nalishlar, biznes boshqaruvi, tibbiyot, ijtimoiy fanlar, IT, san'at va dizayn, gumanitar va sport fanlaridan saboq beriladi. Universitetning Singapur, Germaniya, Fransiya, Gretsiya va Nepalda filiallari bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30910 | Инструменты