Huawei 1
Bugun Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin

Bugun, 11-sentabr kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba'zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.

Poytaxtda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-25° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23° bo‘ladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20714 | Инструменты