Huawei 1
Buxoroda oxirgi 2 oyda saksovul bilan bog‘liq 25 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan saksovul o’simliklari kesilishining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, viloyatning cho’l hududlarida sentabr-oktabr oylari davomida o’tkazilgan reydlar davomida jami 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Holatlar yuzasidan  huquqbuzarlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 so’m zarar yetkazilganligi hisoblangan va 222 million 900 ming so’m jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 so‘m tovon to‘lashlari belgilangan.

Ta'kidlash joizki, Ekologiya vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida saksovullarning noqonuniy kesilishiga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda o‘tkazilmoqda. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qat'iy qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты