Qaror bilan “O'zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra, Prezident qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:
- axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish tartib-taomillarini takomillashtirish;
- davlat sirlarini himoyalashda axborotni kriptografik muhofaza qilish dasturiy vositalaridan foydalanish talablarini belgilash;
- axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash muddatini uzaytirish;
- xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibini takomillashtirish.
Kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, dasturiy axborotni kriptografik muhofaza qilish vositasi (AKMV)dan davlat sirlarini himoyalashda foydalanishga qonunchilik hujjatlari va milliy standartlar, shuningdek, Vakolatli organning idoraviy hujjatlari talablari doirasida ruxsat etiladi.
Bunda dasturiy AKMVdan davlat sirlarini himoyalashda foydalanish to'g'risida ularning nusxalari soni va ulardan foydalanish maqsadini ko'rsatgan holda Vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilish shart.
Axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati besh yil muddatga beriladi.
Xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish to'g'risidagi arizaga O'zbekiston Milliy sertifikatlash tizimida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari AKMV texnik xususiyatlarining batafsil tavsifi, AKMVni ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga qo'yishda xorijiy davlatlarning akkreditatsiyadan o'tgan sinov laboratoriyalarida o'tkazilgan sinov bayonnomalarining (hujjatlarining) tasdiqlangan nusxalari ilova qilinishi shartligi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13013 | Инструменты