Huawei 1
“Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Qirg‘iziston Respublikasining “Dostuk” chegara o‘tkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotganligi sababli, Andijon viloyati, Xo'jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, bojxona posti 2022-yilning 10-avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar yopiladi.

Avvalroq, O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati 2022-iyul 12-iyuldan boshlab qayta tiklangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101203 | Инструменты