Huawei 2
Dunyoda ichimlik suvi tanqisligi va antisanitariya holati tufayli yiliga 1,4 mln kishi vafot etmoqda

JSST va YUNISEF tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 2 milliard odamning toza ichimlik suvi, 3,6 milliard kishining sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. 

Shu ikki omil yiliga 1,4 millionga yaqin insonning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Hatto millionlab bolalar va kattalar sovun kabi oddiy gigiyena vositasidan foydalanish ko‘nikmasiga ega emas. Qator sog‘liqni saqlash muassasalarida suv, dezinfeksiya vositalari va spirtli eritmalar yo‘q. Qolaversa, mutaxassislar kanalizatsiya tarmoqlari yetishmasligi halokatli oqibatlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

Shu bois qo‘shma hisobotda hukumatlarga suv va kanalizatsiya uchun davlat xarajatlarini oshirish hamda bu sohada innovatsion yechimlarni joriy etish tavsiya etilgan.

Avvalroq, Dunyo resurslari instituti 2030 va 2040-yillarga borib 167 ta mamlakatda yuzaga keladigan suv tanqisligini o‘lchagani va baholagani haqida xabar qilgan edik. Shuningdek, 2040-yilda eng ko‘p suv tanqisligiga uchrashi taxmin qilinayotgan 33 ta davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston ham borligi aytilgandi. 

Sizga qiziq bo'lishi mumkin:

2050-yilga kelib Yerning 5 milliarddan ortiq aholisi suv tanqisligiga duch keladi

Qurg‘oqchilik, suv toshqini, xavfli viruslar. 2050-yilga kelib dunyoda iqlim qanday o‘zgaradi?

2050 yilgacha suv resurslari Sirdaryo havzasida 5% gacha, Amudaryo havzasida 15% gacha kamayishi kutilmoqda

Buyuk Britaniyada do'konlardan suv sotib olishga cheklov kiritildi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga