Huawei 1
Ertaga O'zbekistonda anomal sovuq ob-havo boshlanadi. “O'zgidromet” qaysi hududlarda qor yog'ishini ma'lum qildi

Joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

“O'zgidromet”ning xabar berishicha 9-11-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 9-10-yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-15-yanvarda esa respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 8-10 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

Ertangi kun uchun ob-havo prognozi:

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 4-6° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman ushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5°sovuq bo’ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21512 | Инструменты