Huawei 1
Donald Tramp energiya ustunligi bo'yicha kengash tuzdi

AQSh prezidenti Donald Tramp energiya ustunligi bo‘yicha milliy kengash tuzish haqidagi farmonni imzoladi. Kengashga mamlakat ichki ishlar vaziri Dag Burgum rahbarlik qiladi, energetika vaziri Kris Rayt esa uning o‘rinbosari etib tayinlangan.

"Bizda boshqa mamlakatlarga qaraganda ko'proq energiya bor va endi biz uni ozod qilamiz", dedi Donald Tramp hujjatni imzolash chog'ida.

Kengash AQSh hukumatining energetika siyosatini shakllantirish uchun tuzilgan. Uning vazifalariga energetika korxonalariga ruxsatnomalar berishda ko'maklashish, shuningdek, neft, gaz, elektr energiyasi va boshqa resurslarni ishlab chiqarish va taqsimlashda muammolarni hal qilish kiradi.

20 yanvar kuni Donald Tramp energetika bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi inflyatsiyaga “katta ortiqcha sarf-xarajatlar va energiya narxining oshishi” sabab bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21520 | Инструменты