Huawei 1
Gvardiola “Nyukasl”ga qarshi uchrashuv oldidan Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

“Nyukasl” klubiga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida Gvardioladan Akanji jarohatidan so‘ng o‘ng qanot himoyasida kim o‘ynashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Bizda Riko bor, Mateus bor. Shuningdek, Abduqodir ham bor, biroq u bu chiziqda o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi hali bilmayman. Yordam beradiganlar yetarli. Kim tushishi biz qanday taktik uslubda o‘ynashimizga bog‘liq. Ko‘ramiz hali o‘ylashga vaqtimiz yetarli”, deya fikr bildirdi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o‘yinida “Siti” “qirollik klubi”ga 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu uchrashuvda Akanji jarohat oldi va kamida 2 haftaga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. 

Bugun, 15-fevral kuni APLning 25-turidan olgan uchrashuvda “Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ga qarshi to‘p suradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21521 | Инструменты