Huawei 1
Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryoda qariyb 340 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyatining Koson, Samarqand viloyatining Samarqand va Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Koson tumani, “Chorbog‘” MFY hududida faoliyat yurituvchi “T.B.” fermer xo‘jaligi rahbari J.T. elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan. Natijada jami 106,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.    

Shuningdek, Samarqand tumanida YTT F.A.ga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish sexida jami 123,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Boyovut tumanida ham YTT E.H.ga tegishli binoda 108,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101716 | Инструменты