Huawei 1
1-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga bir qator davlat yetakchilaridan qutlovlar kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida davlat rahbari va mamlakatning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

O‘zbekistonda gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor uzaytirildi

O‘zbekistonda tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1-aprelga qadar uzaytirildi.

O‘zbekistonliklar bir yilda dori vositalariga jami 19,7 trln so‘mdan ortiq pul sarflagan

Shundan 15,7 trln so‘mdan ko‘prog‘i import preparatlar, 4 trln so‘m mahalliy ishlab chiqarilgan preparatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Toshkentda ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir bo‘ldi

Hozirda manzilda qutqaruv ishlari olib borilmoqda va 5 nafar fuqaro qutqarilgan.

UZEX birjasida qariyb 3 tonna qimmatbaho metallar sotildi

O'tgan bir yilda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolari orqali 2 912,1 kilogramm oltin va kumush sotildi.

Suv resurslarini boshqarish rivojlantiriladi

Respublika va 14 ta hududiy suv ta'minoti korxonalarida yagona situatsion markaz tashkil etish orqali avariyalarni tezkor bartaraf qilish tizimi joriy etiladi.

Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida 3 ta tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Toshkentdagi maktablarning birida futbol maydoni panjaralari qulab tushdi

Holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi izoh berdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, qurilish sifati talabga javob bermagan.

G‘ulomjon Yoqubov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi

Senat raisi Tanzila Norboyeva mukofotni san’atkorga topshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30301 | Инструменты