Huawei 1
FIFA prezidenti Janni Infantino Sayfiddin Irmatov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

FIFA prezidenti Janni Infantino Sayfiddin Irmatov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Sobiq futbolchi va murabbiy Sayfiddin Irmatov hayotdan koʻz yumgani munosabati bilan chuqur va samimiy hamdardligimni izhor qilaman. Bu boradagi tuygʻularimizni bildirish uchun soʻz ojiz.

Sayfiddin Irmatov futbolchilik davrida “Paxtakor”, “Spartak”, “Avtomobilchi” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shundan soʻng murabbiylik faoliyatini boshlab, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasini boshqardi. Shuningdek, nazoratchi-hakam sifatida ishlagan. Futboldagi yuksak natijalar egasi, “Oʻzbekiston sport faxriysi” unvoni sohibi tomonidan qoldirilgan meros, qolaversa uning insoniy hamda yetakchilik xususiyatlari hech qachon unutilmaydi.

Xalqaro futbol jamoatchiligi nomidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga, Sayfiddin Irmatovning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Bizning bu inson haqidagi xotiralarimiz va ushbu samimiy soʻzlarimiz ogʻir yoʻqotish davrida taskin boʻlishiga umid qilamiz”, deyiladi FIFA rahbarining OʻFA prezidenti Abdusalom Azizovga yoʻllagan xatida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты