U bu ishi uchun 90 mln so'mgacha jarima to'lashi yoki 5 yilgacha qamalishi mumkin
Farg'ona viloyati IIB matbuot xizmati fuqaroni aldab, plastik kartasida pul yechib olgan shaxs ushlanganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Qoʻqon shahrida noma’lum shaxs fuqaroning Telegram raqamiga xabar yuborgan. Unda sodda fuqaroni “Lazzet” oʻyinidan 600 ming soʻm pul yutub olganiga ishontirgan va plastik karta raqamini so'ragan. Kutilmagan yangilikdan xursand bo'lgan shaxs yaxshi umidlar bilan plastik kartasining ma'lumotlarini firibgarga yuborgan. So'ng paytda foydalangan "korxona ishchisi" fuqaroning kartasidagi 500 ming soʻm pulini yechib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni kim sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgar bu ishi uchun yuqoridagi moddaga asosan, 30 mln so'mdan 90 mln so'mgacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sizga qiziq bo'lishi mumkin
Surxondaryoda bank xodimlari fuqaroning kartasidan qariyb 50 mln so'mga yaqin pullarni yechib oldi
Farg'onada aldov yoʻli bilan plastik kartadan 1,3 mln so'm pulni yechib olgan shaxs aniqlandi
Alpha version: 0.9.1.19 build 52409 | Инструменты