Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning KfW taraqqiyot banki hamkorligida kasb-hunarga o‘qitish tizimini yanada isloh qilish borasida moliyaviy bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha doirasida vazirlik tizimidagi o‘qitish markazlarini mehnat bozori talablariga mos holda ish beruvchilarning taklifiga ko‘ra, dual ta’lim shaklida, moddiy-texnikaviy va metodologik jihatdan modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Bitimga muvofiq kasb-hunarga o‘qitish sohasi rivoji uchun 16 million yevro miqdorida grant ajratiladi.
Shundan 14 million yevro Vazirlik tizimidagi 7 ta o‘quv markazlarini moddiy-texnikaviy va metodologik jihatdan modernizatsiya qilish uchun, qolgan 2 million yevro esa loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.
Yuqori saviyada o‘tgan tadbirda kelgusida ushbu sohani yanada rivojlantirish, aholini zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ishchi kuchi sifati va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты