Huawei 1
Hilola Umarova fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash tizimi haqida ma’lumot berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nima uchun xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga yozgi olimpiya o‘yinlari chempion va sovrindorlariga taqdim etilganidek katta mukofotlar berilmasligi haqida yangrayotgan savollarga javob berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilga qadar xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga faqatgina oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz berilgan. O‘sha yildan e’tiboran esa, o‘quvchilar va ularning ustozlarini ham pul mukofotlari bilan taqdirlash yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, ayni paytda beshta xalqaro  asosiy fan olimpiadasida (axborot texnologiyalari, matematika, fizika, biologiya va kimyo) oltin medal olganlar BHMning 500 baravari (170 mln so‘m), kumush medal 300 baravari (102 mln so‘m), bronza medali esa 200 baravari (68 mln so‘m) miqdorida taqdirlanadi.

Hilola Umarova fan olimpiadalari g‘oliblarini taqdirlash marosimlari bundan keyin keng qamrovda, katta tantanalar bilan o‘tkazilishini aytib, buni yoritishda ommaviy axborot vositalari va blogerlardan yordam so‘radi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты