Huawei 1
IFC O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energetikasini rivojlantirishga $240 mln sarmoya kiritadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) 30-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan «Bo‘lajak investitsiya tashabbuslari instituti» (Future Investment Institute) konferensiyasida O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energiya sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ACWA Power kompaniyasiga 240 million dollarlik oraliq kapital krediti ajratilishini eʼlon qildi

Mablag‘lar islom moliyasi (Islamic Equity Bridge Loan) tamoyillariga muvofiq ajratilgan, deyiladi hisobotda.

IFC mablag‘lari ikkita loyihani, jumladan, 1 GVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini, 668 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimini va taxminan 500 km uzunlikdagi yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurish va foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Loyiha O‘zbekistonda issiqxona gazlari chiqindilarini yiliga taxminan 1,3 million tonna CO2 ga kamaytirishi kutilmoqda. Ushbu loyihalar ishga tushirilgach, yiliga taxminan 2400 gigavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

«IFC‘ning ACWA Power bilan strategik hamkorligi ko‘p tomonlama rivojlanish moliya institutlarining bizning kreditga layoqatliligimizga va umuman Saudiya Arabistoni korporatsiyalariga ishonchini taʼkidlaydi. Ushbu muhim bitim ACWA Power kompaniyasining O‘zbekiston kabi muhim bozorlarda qayta tiklanadigan energiyaga o‘tish bo‘yicha davom etayotgan sadoqatini oshiradi, shuningdek, barqaror energiya sohasida jahon yetakchisi sifatidagi maqomini mustahkamlaydi», — dedi ACWA Power kompaniyasining moliyaviy direktori Abdulhamid Al Muhaydib.

«Loyiha IFC‘ning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, rivojlanayotgan bozorlarda toza energiyaga o‘tishni tezlashtirish hamda Saudiya Arabistoni davlat va xususiy sektor korxonalarini mintaqada va undan tashqarida innovatsion investitsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlash borasidagi majburiyatini aks ettiradi», — dedi IFC‘ning Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokistondagi infratuzilma va tabiiy resurslar bo‘yicha mintaqaviy menejeri Laura Vesvagare.

Bundan tashqari, loyiha ACWA Power‘da ayollar ulushini oshirish va genderni qamrab oluvchi ish joylarini yaratish orqali gender tengligiga hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты