Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududidan salqin havo chekinadi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 1-5-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e'lon qildi

O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha boshlangan haroratning pasayishi ushbu hafta boshida ham davom etadi

Dushanba va seshanba kunlari Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan salqin havo oqimi harorat fonini 30-33o gacha, janubda 35-38o gacha pasaytiradi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududidan salqin havo chekinadi, ammo bu kunlarda kuchli issiq bo‘lishi kutilmaydi. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida havo harorati kunduz kunlari 35-38o atrofida, janubda ba’zi joylarda 39-41o gacha bo‘ladi. 

1-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 1-2 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

1-iyulda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 1-2 iyulda kunduz kunlari 30-33o, 3-5 iyulda 35-38o bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-23o bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 1 iyulda ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70314 | Инструменты