Huawei 1
Jizzaxda 2,1 mlrd kredit olib, ishlatib yuborgan fuqaro qaynotasining yer to‘lasidan topildi

Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Jizzax shahrining “Ravalliq” mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro 2022 yilda tijorat bankidan 2 mlrd 150 mln so‘m miqdorida kredit olgan. Ammo, u 1125 boshli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan ushbu mablag‘ni maqsadli ishlatmagan. 

Shu boisdan viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yilning 4 mart kuni JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzax IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida uning yashiringan manzili aniqlangan. Xususan, shaharning Oqqo‘rg‘on mahallasidagi qaynotasining yashash uyi yer to‘lasida yashirinib yotgan ushbu fuqaro ushlangan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102412 | Инструменты