Huawei 1
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi

“Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-43-son, 05.03.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qo‘llash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o‘sib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratishning  asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

—  respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;

—  ko‘chmas mulk obyektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini taʼminlash;

—  ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;

—  soliq solishda adolatlilik tamoyilini yana-da keng joriy etish.

2025 yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

—  2025–2026 yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
—  2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
—  2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30701 | Инструменты