Prezident farmoniga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi hamda xususiy boshqaruvga berilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Sanoat zonalari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan boshqariladi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ularning faoliyati muvofiqlashtiriladi.
Namangan viloyatida “Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi.
2025-yil 1-iyundan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan import xomashyo, material va butlovchi qismlarni bojxona to‘lovlarini to‘lamagan holda “tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirish orqali ularni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2028-yil 1-yanvargacha maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning bir foizi miqdorida ular tomonidan ijaraga berilgan yer maydonlari uchun to‘lovni amalga oshirishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30623 | Инструменты