Huawei 1
Qashqadaryoda bolalar nafaqasi asossiz to‘langani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida foydalanuvida Captiva rusumli avtomashinasi mavjud shaxsning bolalariga nafaqa to‘langani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida moddiy ahvoli yaxshilangan, ijtimoiy yordam mablag‘larini olib kelayotgan 10 258 ta oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dan chiqarilgan.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro A.Sh. o‘z xonadonida tomorqada band bo‘lib, turmush o‘rtog‘i A.B. yakka tartibdagi tadbirkor sifatida do‘konda oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanishi, yashash xonadoni va sharoiti qoniqarli ekani, B.A.ning foydalanuvida onasi S.A nomidagi Captiva rusumli avtomashina mavjudligi aniqlangan. Shunday bo‘lsa-da, Sh.A. ga 2024 yilda 3 nafar farzandi uchun har oyda 505 ming so‘mdan bolalar nafaqasi tayinlanib, to‘lab kelingan.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Parkent tumanida reyestrga asossiz kiritilib, davlatdan moddiy yordam olib kelgan shaxslardan Parkent tumani prokuraturasi tomonidan jami 8,2 mln so‘m mablag‘larni undirish yuzasidan sudga kiritilgan da’vo arizalari qanoatlantirilib, davlat foydasiga qaytarish belgilangan.

Bildirilishicha, har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lmagan shaxslarga asossiz to‘langan mablag‘lar to‘liqligicha byudjetga qaytarilishi va kambag‘al oilalarga manzilli yetkazilishiga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30700 | Инструменты