San'atkor 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi
Kulgu qiroli deb tan olgan, so‘z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qiziqchilik san’ati markazi asoschisi, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Sherayev Mamasiddiq Qamchiboyevich 77 yoshida vafot etdi.
U 1999-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2021-yil Do‘stlik ordeni sohibi bo'lgan. Shuningdek:
1972-1975-yil - Sirdaryo musiqali teatrida 2-tofali aktyor
1975-1977-yil. - Farg‘ona o‘zbek teatrida drama artisti
1979-1986-yil - “Nurxon” xalq teatrida rejissor
1986-1987-yil - Toshloq tuman Madaniyat bo‘limida badiiy rahbar
1987-1993-yil. - Farg‘ona shahar “Neftchi” klubida kinooprerator
2006-2016-yil. - “Muxammasidiq askiyasi” xususiy korxona rahbari
2016-2020-yil. - Marg‘ilon shahar Madaniyat bo‘limida to‘garak rahbari lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты