Huawei 1
Xitoy hukumati aholi bandligini ta’minlash uchun 9,5 milliard dollar ajratdi

Joriy yil boshidan beri Xitoy hukumati bandlikni rag‘batlantirish uchun subsidiya sifatida 66,7 milliard yuan (taxminan 9,5 milliard dollar) ajratdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi moliya vaziri Lan Foan ma’lum qildi.

“Biz aholini asosiy tirikchilik vositalari bilan taʼminlashga e’tibor qaratdik. Yil boshidan buyon aholi bandligini taʼminlash uchun markaziy byudjetdan 66,7 milliard yuan miqdorida subsidiyalar ajratildi”, dedi u matbuot anjumanida.

Mablag‘lar mintaqaviy hokimiyat organlariga asosiy toifadagi fuqarolarni, masalan, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, shuningdek, kasb-hunar o‘rgatish dasturlarini tashkil etish uchun sarflandi. Lan Foan, shuningdek, yanvardan sentyabrgacha bo‘lgan davrda Xitoy byudjetining taʼlimga sarflangan xarajatlari 3 trillion yuanga (taxminan 425 milliard dollar) yetganini maʼlum qildi.

Xitoy Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 12,44 million yangi ish o‘rni yaratilgan va ishsizlik darajasi 0,4 foiz punktga tushib, 5,2 foizni tashkil etgan. 2024- yilning yanvaridan avgustigacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich bir xil darajada saqlanib qoldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101217 | Инструменты