Huawei 1
Hibsxonada saqlanayotgan ayol ikki yoshli o‘g‘lini davlat qaramog‘iga olinishini so‘rab murojaat qildi

Bolalar ombudsmaniga IIV huzuridagi ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan Sh.X. (ayol) dan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda Sh.X. sodir etgan jinoyati tergovi doirasida hozirda mazkur tergov hibsxonasida saqlanayotganligi, oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, voyaga yetmagan farzandi M.X. (2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) nafaqada bo‘lgan ota-onasining qaramog‘ida qolganligi, farzandi tug‘ma xastaligi, o‘g‘liga tibbiy, moddiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishini yoki vaqtincha davlat qaramog‘iga olinishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan oilaga ijtimoiy ish bo‘yicha keys ochilib, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratish choralari ko‘rildi. Voyaga yetmagan M.X. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan buvisi X.M. ga patronatga topshirildi (moddiy ta'minot nazarda tutilgan).

O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani mazkur vaziyatda bola manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101219 | Инструменты