Huawei 1
Markaziy bank: 2024-yilning ikkinchi choragida ko‘chmas mulk bozorida faollik sekinlashgan

Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 2024-yilning ikkinchi choragida ko‘chmas mulk bozorida faollik sekinlashgan, ushbu davrga xos mavsumiy o‘sish ham kuzatilmagan.

Regulyatorning fikricha, faollikning sekinlashuvi ko‘chmas mulk bozorining barqarorlashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Soddaroq aytganda, uy-joy bozori ozgina “qizib” ketgan edi. Hozir esa biroz hovuridan tushib, “muvozanatlashmoqda”.

Odamlar ilgari sotib olgan uylarini sotish yoki ijaraga berish uchun eʼlon joylashtirishmoqda. Ikkilamchi bozorda uy sotish eʼlonlari 12,7%ga ko‘paygan bo‘lsa, ijara eʼlonlari 18,4%ga ortgan.

Regulyator tahlilida aytilishicha, ko‘chmas mulk bozorida talab ham “muvozanatlashgan”. Bunga odamlarning daromadlari maqbullashgani (turg‘unlashgani yoki pasaygani deb tushunsa bo‘lsa kerak), ipoteka krediti o‘sishi sekinlashgani, narx-navo hamda almashuv kursining nisbatan barqarorlashgani sabab bo‘lgan.

Buning ortidan bozorda spekulyativ talab ham susayishi kutilmoqda. Buyam ko‘chmas mulk bozorini “sovitish”ga omil bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты