Huawei 1
Meksika orqali AQSHga noqonuniy kirishga uringan O‘zbekiston fuqarolari hibsda saqlanadi

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Davlat departamentini xabar qilishicha, hozirdan boshlab Meksika orqali mamlakatga noqonuniy kirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari AQShga qoʻyib yuborilmaydi, buning oʻrniga ular bilan bog’liq immigratsiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi. 

Qayd etilishicha, AQSh Qo’shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo’lmagan O’zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi bo’yicha O’zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.

"AQSh-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatdir. Kontrabandachilarning yolg’on va’dalariga uchmang. Amerika Qo’shma Shtatlariga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalaning.

AQSh chegarasini noqonuniy kesib o’tgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila a’zolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin", deyiladi xabarda.

Qo'shimcha qilinishicha, Amerika Qo’shma Shtatlari xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan faoliyat olib boradi hamda Qo’shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo’lmagan barcha noqonuniy kiruvchilar va fuqaroligi bo’lmaganlarni immigratsiya qonunchiligi (Title 8) vakolati ostida tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты