Huawei 1
Metan “zapravkalar” faoliyatiga cheklov joriy etilmaydi

10 fevral kuni Buxoro viloyati hududidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan hamda yong‘in sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng “zapravka”lar faoliyatida ham cheklovlar joriy etilishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Energetika vazirligi metan zapravkalar hozirgi rejimda ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

“Qo‘shimcha o‘rganishlardan so‘ng, respublikamizning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelishilgan tartibda, hozirgi rejimda ishlashda davom etishi belgilandi. Ya’ni, ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, bu masalada biron-bir o‘zgarish bo‘lsa, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21104 | Инструменты