Huawei 1
Migratsiya qonunchiligini buzgan 120 nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Moskva viloyatida o‘tkazilgan reyddan so‘ng MDH davlatlari va Afrikadan 120 nafar migrant Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Moskva yaqinidagi Pushkino shahrida politsiya ombor majmuasini tekshirish chog‘ida migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlangan.

Rossiya IIVning “Pushkinskoe” migratsiya departamenti xodimlari Rossiya gvardiyasi ko‘magida noqonuniy migratsiyani aniqlash va unga chek qo‘yish doirasida MDH davlatlarida va Afrikadan kelgan muhojirlar bo‘lgan omborni tekshirgan.

Reyd davomida 120 nafar chet el fuqarosiga nisbatan Rossiya hududida bo‘lish rejimini buzganliklari uchun ma’muriy bayonnomalar tuzilgan, shundan 19 nafar muhojir Rossiyadagi noqonuniy mehnat faoliyati uchun va yana biri ma’muriy jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

“Har bir chet el fuqarosiga Rossiyadan deportatsiya qilish bilan besh ming rubl miqdorida jarima belgilandi. 31 nafar migrant sud qarori ijro etilgunga qadar ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirildi”, deyiladi Rossiya IIV xabarida.

Ayni paytda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiya tashkilotchilarini aniqlash va qo‘lga olishga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 8 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda noqonuniy migrantlarga tegishli yangi migratsiya deportatsiyasi rejimini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Qabul qilingan qonun nazorat ostidagi shaxslar reyestrini yaratishni nazarda tutadi. Deportatsiyaga qadar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maxsus muassasaga joylashtiriladi. U mamlakatni tark etgach, rejim o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты