“Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 19.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan jismoniy shaxslarga identifikatsiyalovchi ID kartalar 1-marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikati bepul beriladi.
Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
- identifikatsiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
- O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
- O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
- O‘zbekistonga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar.
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlarini YAIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi:
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini O‘zbekistonga taklif qilish;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12014 | Инструменты