Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tajriba-sinov tariqasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan o‘zaro integratsiyalashgan o‘quvchilarni muhandislik asoslariga o‘rgatish bo‘yicha taʼlim dasturlari joriy qilinadi.
Bunda:
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quv jarayoni 5 yillik dasturlar asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi;
- muhandislik dasturlariga tanlov umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha qobiliyati bor 6-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;
- muhandislik taʼlim dasturlari “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi;
- muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga o‘z o‘qishini “Yangi O‘zbekiston” universiteti tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30909 | Инструменты